O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo chempionati yarim finalida mag‘lubiyatga uchrab, 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

26 sentyabr kuni bosh murabbiy Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi terma jamoa Iroqdan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Muhammad Daud Jasurbek Umrzoqov darvozasini uchrashuvning 6- va 79-daqiqalarida zabt etdi.

Yaponiya, Iroq, Eron va KXDR futbolchilari yarim final va U-17 jahon chempionati ishtirokchilariga aylandi.

29 sentyabr kuni OCH finaliga chiqish uchun bahslar bo‘lib o‘tadi. Yaponiya 15:30 da Iroq, Eron esa 18:30 da KXDR bilan uchrashadi.

Video