Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tomonidan yozilgan «Temur tuzuklari» asari veb-sayt ko‘rinishida taqdim etildi.

Amir Temur tavalludining 675 yilligi munosabati bilan (2011 yilda) O‘zbekistonda birinchi Prezident Islom Karimov taklifiga binoan davlat rahbari va fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari, mamlakat va armiyani boshqarish tamoyillari o‘z ifodasini topgan asar davlat rahbarining so‘zboshi ostida nashr etilgan edi.

Veb-saytni ishlab chiqishda mazkur asarda qo‘llanilgan matnlar, miniatyuralar, rangli suratlar va illyustratsiyalardan foydalanildi. Mazkur manba orqali Amir Temur biografiyasi, uning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘qish yoki yuklab olish mumkin.

Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarligida UZINFOCOM markazi tomonidan ishlab chiqildi