To‘lqin Teshaboyev Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga OTMdan xabar qilindi.

Muqaddam «Telekommunikatsion texnologiyalar» fakulteti dekani bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan O‘tkir Hamdamov univeritetning avvalgi rektori edi. Hamdamov rektorlik lavozimiga 8 fevralda tayinlangan.

To‘lqin Teshaboyev bunga qadar Kasaba uyushmalari Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ungacha TATUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori hamda O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmalari Markaziy kengashi raisi vazifasida mehnat qilgan.