23−25 sentyabr kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Sovrin jamg‘armasi 100 ming dollar bo‘lgan turnirda 31 mamlakatdan 229 sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston termasidan uch sportchi — Muhammadlaziz Qayumov, (73 kg gacha vazn toifasida), Suhrob Tursunov (73 kg gacha) va Erbol Rustamov (90 kg gacha) qatnashdi.

Qayumov va Rustamov saralash raundlaridan o‘ta olmadi, ayni paytda Tursunov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Kosovo vakili Akila Gyakov ustidan «ippon» bilan sof g‘oliblikka erishdi.

Musobaqa shartiga ko‘ra, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchi oltin medal va 3000 dollar (dzyudochi — 2400, murabbiy — 600), ikkinchi o‘rin uchun kumush medal va 2000 dollar (dzyudochi — 1600, murabbiy — 400) va ikki uchinchi o‘rin egasi bronza medali bilan birgalikda 1000 dollardan (dzyudochi — 800, murabbiy — 200)dan yutuqqa ega bo‘ladi.

Video