23 sentyabr kuni Mayami (AQSH, Oklaxoma)da bo‘lib o‘tgan professional boks musobaqasi doirasida o‘zbek bokschisi Xurshid Normatov ringga ko‘tarildi.

O‘zbekiston vakili amerikalik 26 yoshli Tomas Bernardga qarshi ringga chiqdi. Jang ikkinchi raundda Xurshidbek raqibiga chap tomondan kuchli zarba berib, uni nokautga uchratganidan so‘ng yakunlandi.

Qayd etib o‘tamiz, Normatov Fight Promotion promouterlik kompaniyasi bilan 15 ta jang uchun uch yillik shartnoma imzolagan. 25 iyunda u Romon Barberga qarshi debyut uchrashuvini o‘tkazib, g‘alaba qozondi.

25 yoshli Normatov 2010, 2011, 2013, 2014 yillarda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi, 2013 yilgi Jahon Universiadasi kumush medali sohibi.

Jang videosi