Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistondagi prezident saylovida ishtirok etadi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Bu haqdagi qaror 20−23 sentyabr kunlari Pekinda bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. Yig‘ilishda Qozog‘iston, XXR, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.