Qo‘ng‘irot soda zavodining ikkinchi navbati foydalanishga topshirildi, xabar qilmoqda O‘zA. Natijada mahsulot ishlab chiqarish quvvati yiliga 200 ming tonnaga oshirildi.

Loyihani amalga oshirish uchun 104 mln dollarlik investitsiya jalb qilindi.

O‘z faoliyatini 2006 yilda boshlagan korxona dastavval yiliga 100 ming tonna kalsiylashgan soda ishlab chiqarish imkoniga ega edi.

Zavod mahsulotlari ichki bozorga yetkazib berilishi bilan birgalikda, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga ham eksport qilinmoqda.