Shanba kuni ertalab Toshkentda to‘qqizinchi «Kamolot-Tur» yoshlar velomarafoni bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan poytaxtdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Poytaxt hokimiyati axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ko‘chaning S-5 dan Qorasaroy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Shahar ma’muriyati kutilayotgan noqulaylik uchun uzr so‘radi.