O‘zbekiston paralimpiya termasi a’zolari va ularning murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. 22 sentyabr kuni Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev, «Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari — Fotimaxon Amilova, Nozimaxon Kayumova, yengil atletika bo‘yicha — Firdavsbek Musabekov, Aleksandr Svechnikov, Adiljan Tulendibayev, suzish bo‘yicha — Sherzod Namozov, dzyudo bo‘yicha — Utkirjon Nigmatov, Xusniddin Norbekov «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Nodirbek Abdullayev, Sardor Abduxolikov, yengil atletika bo‘yicha — Ravshanbek Amilov, Shuxrat To‘rayev, suzish bo‘yicha — Rasul Saidov, dzyudo bo‘yicha — Yelena Svechnikova, Ilxom Xalikov, Igor Shishkov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoniga munosib ko‘rildi.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hayitjon Alimova, yengil atletika bo‘yicha — Safiya Burxanova, suzish bo‘yicha — Muslima Odilova, Kirill Pankov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi», shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Mirabror Usmanov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Rustamjon Amilov, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Umid Axmatdjanov, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Oleg Buchinsev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori, O‘zbekiston terma jamoasining kompleks ilmiy guruh rahbari Shaakram Isroilov, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Lyudmila Lisovskaya, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Kaxraman Nurullayev, suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Dmitriy Pankov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Mansur Abdirashidov, Doniyor Saliyev, Miran Saxatov, Faxriddin Xamrayev, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shuxrat Boboyev, Shirin Sharipov, pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ahror Bozorov, o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Server Ibragimov, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Tursunpashsha Nurmetova, Gulrux Raximova, Feruz Sayidov, Sevinch Salayeva,Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shoxsanamxon Toshpulatova, Muzaffar Tursunxo‘jayev, Dmitriy Xorlin «Jasorat» medali bilan taqdirlandi.

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari Zamira Amirova, Anna Kazakova, Irina Pak, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi bosh kotibi Omon Gafurov, o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Natalya Yefimova, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari Barno Jurayev, Alfiya Ibragimova, Shamsiddin Sayidov, Taxir Fayziyev, suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Sa’dullaxon Lutfulloh, murabbiy Sergey Xorlin, pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fazliddin Umirzoqov «Jasorat» medali bilan mukofotlandi.