21 sentyabr kuni poytaxtdagi Suv sporti saroyida sinxron suzish bo‘yicha «Suv parisi» xalqaro musobaqasi boshlandi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Slovakiya, Vengriya, Isroil, KXDR va Filippindan 100 narfardan ziyod sportchi qiz ishtirok etmoqda.

Tashkilotchilar — Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Sinxron suzish federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston termasi Toshkent, Andijon, Samarqand va buxorolik 50 nafar sportchi qizdan tashkil topgan.

Musobaqalar 25 sentyabr kuni yakuniga yetadi. Unda uch yosh guruhi — A (16−18 yosh), V (13−15 yosh) va S (12 yoshgacha) o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar solo, duet, guruh (8 kishilik) va kombinatsiya (4−10 kishi) yo‘nalishlarda imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.