Chorshanba kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasidagi an’anaviy ICTEXPO 2016 ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir bir vaqtda Toshkent va Namanganda bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkentdagi «O‘zko‘rgazmasavdo» markazi ko‘rgazma maydoni hamda Namangandagi «Pahlavon» sport majmuasi hududida 150 kompaniya o‘z ekspozitsiyalarini taqdim etmoqda. Ekspozitsiyalarning umumiy maydoni 1500 kv m ni tashkil etib, tashkilotchilar uch kun davomida 35 ming kishining tashrif buyurishini kutmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlar markazlarini bog‘lagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleko‘prik tashkil etildi.

ICTEXPO mobil aloqa, internet, telekommunikatsiyalar, elektron hukumat va elektron tijorat kabi mavzuli yo‘nalishlarga ega. Ularda faoliyatning turli yo‘nalishlaridagi axborotlar xavfsizligi va ularni saqlash, internetga ulanish, ishlab chiqarish infratuzilmalarini boshqarish va boshqalarga oid eng so‘nggi loyiha va yechimlar taqdim etilgan.

Foto

Video