Eduards Стипрайс Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari vazifasini bajarishga kirishdi, deya xabar qilindi delegatsiyadan. Bunga qadar u Latviya davlat kotibi o‘rinbosari — TIVning siyosiy direktori vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Eduards Стипрайс diplomatik vakolatxona Toshkentda faoliyatini boshlagan 2011 yildan buyon YeIning O‘zbekistondagi uchinchi elchisi bo‘ldi. U bolgariyalik Yuriy Shterk o‘rniga mazkur lavozimni egalladi.

Eduards Стипрайс Latviya, Ukraina, Norvegiya va Fransiya davlat mukofotlari sohibi. Latviya universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Fransiya ma’muriyati Milliy maktabi hamda Shvetsiya xalqaro munosabatlar institutida tahsil olgan. Latish, ingliz, fransuz va rus tillarida suhbatlasha oladi.