O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 13 milliondan oshdi. Bu haqda seshanba kuni Toshkentdagi ICTSUMMIT 2016 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammitida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullayev ma’lum qildi.

Respublika aholi punktlarining 92 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi, abonentlar soni esa 20,8 millionga yetdi, deya qayd etdi u.

Xalqaro aloqa tarmoqlariga chiqish tezligi qariyb 35 Gbit/s (2015 yil so‘ngida — 26,4 Gbit/s)ga yetdi.

Magistral telekommunikatsion tarmoqlar xalqaro va tuman darajasida 10, viloyatlar darajasida 4 barobarga kengaytirildi.

Raqamli radioreleli tarmoqlar va optik tolali aloqa tarmoqlari uzunligi 23,4 ming kilometrga yetdi. Jumladan, optik tolali aloqa tarmoqlari uzunligi 17,9 ming kilometrdan 18,9 ming kilometrga yetkazildi.