Toshkentda 21 sentyabr kuni tongda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridan poytaxtga yetib keladigan O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasini kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda (sportchilar taxminan 6:15 da yetib keladi).

Sportchilar uchun olimpiya termasida bo‘lgani kabi bayroqlar, gullar, XV Paralimpiada ramzlari hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi timsoli bilan bezatilgan ikki qavatli avtobuslar tayyor holga keltirildi. Dabldekerlar yon tomonlarida «Biz siz bilan faxrlanamiz!» shiori yozilgan.

Delegatsiya poytaxt xalqaro aeroportidan Beshyog‘och ko‘chasidagi Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi binosiga qadar kuzatib boriladi.