16 sentyabr kuni Toshkentdagi «Yakkasaroy» masjidida kapital ta’mirdan keyingi birinchi juma namozi o‘qildi. Namozni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov o‘qidi, deya xabar qildi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.

«Yakkasaroy» masjidi 100 yildan ziyodroq tarixga ega. Yangilangan masjid binosida bir vaqtning o‘zida 1000 namozxon o‘z ibodatini ado etishi mumkin. Masjid devorlarining balandligi 23 metr, minorasining balandligi esa 31 metrga teng.

Namozdan so‘ng O‘zbekistonning birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov haqiga xayrli duolar qilindi.