2018 yilgi jahon chempionatining oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Osiyo saralash bosqichida O‘zbekiston termasi Eron va Xitoy jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Seshanba kuni O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot anjumanida mazkur uchrashuvlarning o‘tkazilish joyi va boshlanish vaqti ma’lum qilindi.

Eronga qarshi o‘yin 6 oktyabrda bo‘lib o‘tsa, 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Xitoyni mehmon qiladi. Har ikki o‘yin ham «Bunyodkor» stadionida 18:00 da boshlanadi.

Milliy terma jamoa Samvel Babayan bosh murabbiyligi ostida 6 ochko bilan, A guruhi yetakchisi sifatida uchinchi turga o‘tdi. Avvalgi bosqichlarda O‘zbekiston Suriya va Qatarni bir xil — 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.