10 sentyabr kuni taxminan tush vaqtida Samarqandning «O‘rikzor» mahallasida 131-ko‘p qavatli turar joy binosining betondan tayyorlangan old qismi qulab tushdi. Hodisa to‘g‘risidagi videolavha Samarqandning STV telekanali orqali namoyish etildi.

Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan uy kapital ta’mirga muxtoj bo‘lib, unda 70 oila istiqomat qiladi. Istiqomat qiluvchilarning fikricha, uy yerto‘lada muntazam ravishda suv yig‘ilishi oqibatida avariya holatiga kelib qolgan.

Bir necha tonnalik beton qulab tushgan yo‘lak — bolalarning o‘yin o‘ynaydigan sevimli joyi bo‘lgan. Baxtli tasodif tufayligina hodisa ro‘y bergan vaqtda yagona kirish qismi va balkonlarda hech kim bo‘lmagan.

Uy binosi va bir qancha xonadonlarda ham yoriqlarni uchratish mumkin, dedi istiqomat qiluvchilardan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa ro‘y berishidan bir kun muqaddam bu yerda yashovchilar bir necha marotaba qattiq shovqin eshitgan va bir necha marotaba tashqariga yugurib chiqqan.

«Fuqarolar turli mutasaddi idoralarga murojaat qilgan, oradan bir necha oy o‘tdi, ammo muammo hal bo‘lgani yo‘q, — dedi telekanalga intervyu bergan mahalla vakili Erkin Karimov. — Biz bir necha joyga murojaat qildik, barcha maktublar nusxasi bor.Javoblarda boshqa tashkilotlarga murojaat etishimiz yozilgan… bu yerda yashab bo‘lmay qoldi, devorlarda, kirish qismlarida ham yoriqlar bor».

STV xabariga ko‘ra, shirkat balkonlarni ta’mirlashni boshlagan, ammo binoning kapital ta’mir qilinishi kutilayotgani yo‘q.

Video