Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi Devis Kubogi pley-off uchrashuvlari 2:3 hisobiga mehmonlar foydasiga yakunlandi.

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida bo‘lib o‘tgan Denis Istomin va Genri Laksonen o‘rtasidagi to‘rt soatlik bahsda muxlislar 51 geym va 3 tay-brekka guvoh bo‘ldi. Yakunda 6:7, 7:6 (3), 7:6 (6) natija qayd etildi. Uchrashuvning umumiy hisobi — 2:2.

Hal qiluvchi yakkalik Jo‘rabek Karimov va Antuan Beler o‘rtasida kechdi. Uchrashuv Shveysariya jamoasi foydasiga yakunlandi — 2:6, 4:6, 7:6, 3:6.