Avgust oyida Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o‘rtacha narx iyul oyiga qaraganda 3 foizga arzonlab, 588 sh. b. (shartli birlik)dan 573 ga qadar yetdi. Mazkur ma’lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotda o‘z ifodasini topdi.

Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 556 sh. b. dan 544 sh. b. ga (-2%) arzonlagan bo‘lsa, g‘ishtli uylar narxi 3 foizga pastladi — 635 o‘rniga 613 sh. b.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo‘lmoqda: bir xonali kvartiralar — 575 sh. b. (-3%), ikki xonali — 561 (-2%), uch xonali — 577 (-3%), to‘rt xonali — 605 (-3%), ko‘p xonali — 592 (-3%).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.