O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya 15 oktyabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining Ostonada (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar qiladi TIV matbuot xizmati.

MDHga a’zo mamlakatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari, Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishi hamda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.