Iqtisodiyot

O‘zbekistonda BYD avtomobillari importi cheklanishi mumkin
Bugun, 13:37

O‘zbekistonda BYD avtomobillari importi cheklanishi mumkin

“O‘zavtosanoat” bilan birgalikda Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillarning “tartibsiz” importini cheklashni so‘radi. Bu so‘rov import qilingan modellarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitiga moslashtirilmagani bilan izohlangan.

O‘zbekistonda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi
Bugun, 11:47

O‘zbekistonda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi

O‘zbekistonda bosh vazir rahbarlik qiladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi. Prezident savdo uylarini tadbirkorlar boshqaruviga berish, tomorqasida meva-sabzavot yetishtirayotganlarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ko‘rish va boshqalarni qo‘llab-quvvatladi.

“Inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq” — prezident
Kecha, 21:38

“Inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq” — prezident

Prezident yana bir bor eksport muhimligini ta’kidladi. “Bir haqiqatni aniq tushunib olish zarur. Inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq. Qanchalik ko‘p mahsulot ishlab chiqarmaylik, eksport uchun kerakli shart-sharoitni yaratmasak, o‘zgarish bo‘lmaydi”, — dedi u.

Gaz quvurlarining bir qismini boshqarish xususiy sektorga o‘tkaziladi
Kecha, 20:08

Gaz quvurlarining bir qismini boshqarish xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha monopoliyani bekor qilish va past bosimli gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarishga xususiy biznesni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun yuzlab mln dollar sarmoya qilyapti, biroq qazib olish hajmi pasaymoqda
Kecha, 15:18

“O‘zbekneftgaz” gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun yuzlab mln dollar sarmoya qilyapti, biroq qazib olish hajmi pasaymoqda

“O‘zbekneftgaz” 2024-yil oxirigacha 29,3 mlrd metr kub gaz qazib olish uchun gaz quduqlarini burg‘ilashga 320 mln dollardan ortiq, ularni ta’mirlashga 45 mln dollar sarflash va 79,6 mln dollarlik geologik qidiruv ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Bu hajm avvalgi prognozlardan 4,8 mlrd kub metrga kam.

Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?
Kecha, 14:23

Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?

O‘zbekistonda budjet jarayoni va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Loyiha, jumladan, Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda emas, har yarim yilda axborot berishini nazarda tutadi. Asosiy ma’lumotlar.

Humo Air mijozlarga chipta pulini vaqtida qaytarmay, qonunni buzgani aniqlandi
Kecha, 12:47

Humo Air mijozlarga chipta pulini vaqtida qaytarmay, qonunni buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Humo Air 2024-yilda 284 ta aviareysni bekor qilgani va yo‘lovchilar chipta pulini qaytarib ololmayotganini bildirdi. Oqibatda iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi qonun buzilgan. Kompaniya pulni qaytarish bo‘yicha arizalar ko‘pligi, ammo barchasi ham to‘g‘ri va to‘liq emasligini aytmoqda.

Qazaq Air O‘zbekistonga parvozlarni boshladi
17 mart 2024, 09:36

Qazaq Air O‘zbekistonga parvozlarni boshladi

“O‘zaviatsiya” Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berdi. 15-mart kuni aviatashuvchi Turkiston va Samarqand o‘rtasida qatnovlarni boshladi.

Reach Impex kompaniyasi McDonald`s savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi
16 mart 2024, 15:55

Reach Impex kompaniyasi McDonald`s savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi

Bahodir Burxanovich Usmonov hammuassisi bo‘lgan Reach Impex kompaniyasi McDonald’s savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ikkita ariza topshirdi.

Kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga qo‘yilgan cheklovlar qisman olib tashlandi
15 mart 2024, 20:01

Kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga qo‘yilgan cheklovlar qisman olib tashlandi

Hukumat kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga cheklovlarni yumshatdi. Korxonalarga import qilingan urug‘lardan tayyorlangan mahsulotlarning 50 foizgacha qismini eksport qilishga ruxsat berildi.

“Qo‘yliq” ulgurji bozori aksionerlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan
15 mart 2024, 13:11

“Qo‘yliq” ulgurji bozori aksionerlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan

Hujjatlarga ko‘ra, Toshkentdagi “Qo‘yliq” qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori aksiyadorlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan va hatto 53,9 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarish bo‘yicha qaror ham qabul qilgan.

Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga muvofiqlashtiriladi
15 mart 2024, 11:36

Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga muvofiqlashtiriladi

O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat berayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi. Hududlarda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uni boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi
15 mart 2024, 10:43

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uni boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi

Prezident qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi. Undagi va “O‘zbekekspertiza”dagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi.

O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar savdosi 20,4 foizga qisqardi
14 mart 2024, 20:21

O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar savdosi 20,4 foizga qisqardi

Fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqardi. Yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaydi.

Fevralda aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi
14 mart 2024, 18:43

Fevralda aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi

O‘zbekistonda fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Aholi va tadbirkorlar eng ko‘p valyuta kursi o‘zgarishi hamda yoqilg‘i va energetika narxi oshishidan xavfsiramoqda.

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi
14 mart 2024, 15:38

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi

O‘sh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. Xarid O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Toshkent aeroporti Varshavadan ilk reysni qabul qildi (+foto)
14 mart 2024, 13:15

Toshkent aeroporti Varshavadan ilk reysni qabul qildi (+foto)

LOT Polish Airlines Polshadan O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Varshavadan ilk reys 14-mart kuni tongda Toshkentga yetib keldi. Parvozlar haftada 3 marta amalga oshiriladi. Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayev buni Yevropa bilan havo aloqalarini o‘rnatishda muhim qadam, deya atadi.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
14 mart 2024, 12:19

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyator iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo‘yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganini qayd etdi.

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi kvadratiga 1140 dollarni tashkil etmoqda — ITIM
13 mart 2024, 16:00

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi kvadratiga 1140 dollarni tashkil etmoqda — ITIM

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyida 1,6 foizga oshib, kvadratiga 1140 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning uchta tumani — Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroyda narxlar oshdi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida esa pasaydi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting