27-mart kuni Toshkentga rasmiy tashrif bilan Estoniya Tashqi ishlar vaziri Urmas Payetni kelishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berishicha, Estoniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ikkitomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Tashrif davomida shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlar doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum ham bo‘lib o‘tadi.