Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining hokimi o‘zgardi. Bu haqdagi viloyat hokimining qarori «Qashqadaryo» gazetasining saytida e'lon qilingan.

12-mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro'ziyev Qarshi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Boboyevni tuman hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qaror xalq deputatlari Qarshi tumani kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilgan.

Qarshi tumanining avvalgi rahbari Hasan Omonov fevral oyida Mirishkor tumaniga hokim etib tayinlangan edi.