Vodorodli yonilg‘ida harakatlanuvchi dunyodagi birinchi Coradia iLint poyezdi 16 sentyabr kuni Bukstexude-Kuksxafen yo‘nalishi bo‘yicha ilk sinov reysini amalga oshirdi, deya xabar qildi «Interfaks» Deutsche Welle ma’lumotiga tayangan holda.

Transport vositasi Zalsgitterda Yevropaning birinchi tezyurar poyezdlar ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Fransiyaning Alstom kompaniyasi tomonidan tayyorlandi.

Tarkib tomiga vodorod yonilg‘isi hamda vodorod energiyasini elektr tokiga aylantirib beruvchi yonilg‘i elementi solingan sisterna o‘rnatildi.

Poyezd soatiga 140 km gacha tezlikda harakatlanib, 1000 km masofani bosib o‘ta oladi.

2021 yildan Bukstexude-Kuksxafen yo‘nalishi bo‘yicha 14 poyezd muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Yer transporti vazirligi kelgusida dizelda harakatlanuvchi hududiy poyezdlarni vodorodlilari bilan to‘liq almashtirishni rejalashtirmoqda. Deutsche Welle xabariga ko‘ra, mazkur maqsadlar uchun 81 mln yevroga yaqin mablag‘lar ajratilgan.