Rossiya Harbiy-kosmik kuchlarining Il-20 samolyoti Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlarining S-200 raketa majmuasi tomonidan urib tushirildi, deya xabar qildi RIA Novosti. 15 nafar rossiyalik harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi.

Il-20 Latakiya provinsiyasida Isroilning to‘rtta F-16 samolyoti havoga ko‘tarilgan vaqtda radarlardan yo‘qolgan. Bu vaqtda Fransiyaning «Overn» (Auvergne) fregati ham o‘sha hududda bo‘lgan. Il-20 ekipaji bilan aloqa 23:00da O‘rta Yer dengizining Suriya qirg‘oqlaridan 35 km uzoqlikda uzilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi fikricha, Isroil uchuvchilari Rossiya samolyotini to‘sib, uni Suriya HHM zarbasi ostida qoldirgan.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya samolyotining urib tushirilishida va ekipajning halok bo‘lishida ayb to‘liq Isroil tomonida.

Isroil o‘z javobgarligini rad etib, samolyotning urib tushirilishida Suriyani aybladi.

Isroil tomonining fikricha, hodisada Damashq, Eron va «Hizbulloh» tashkiloti aybdor. Bunda Isroil aviatsiyasi o‘tgan tunda Suriya harbiy ob’ektlarini bombardimon qilganini tan oldi.