18 sentyabr kuni ertalab soat 8:30 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yo‘lida 26 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusning yo‘l transport halokatiga uchrashi va gaz balonining portlashi natijasida 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Be nafar og‘ir bemorlar RSHTYOIM Buxoro filialiga yotqizildi. Yetti nafar bemorning ahvoli o‘rta og‘irlikda, tӯqqiz nafarining ahvoli yengil bo‘lib, ular Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun zaruriy choralar ko‘rilib, RSHTYOIMdan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviyatsiya tarmog‘i orqali yuborildi.

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda.

Avtohalokat sabablari o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.