Markaziy bank Boshqaruvining qarori (ro‘yxat raqami 2014−4, 2018 yil 14 senyatbr) bilan Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Ilgari bir aksiyador yoki o‘zaro bog‘liq aksiyadorlar guruhining bank ustav kapitalidagi ulushi (davlat ulushidan tashqari) ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan oshishi mumkin emas. Bu chet el kapitali ishtirokidagi banklar va xususiy banklarga tatbiq etilmas edi. Endi cheklov butunlay olib tashlandi.

Chet el kapitali ishtirokidagi banklarda chet ellik investorlarning ulushi kamida 30%ini tashkil qilishi kerak edi. Bu eng quyi pog‘ona 15 foizgacha pasaytirildi.