2016 yildan buyon O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Bahrom Ashrafxonov «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

U kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan kompaniyaning sobiq rahbar Alisher Sultonov o‘rnini egalladi.

Bahrom Ashrafxonov (1969 y. t.) — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (1993 yil) tamomlagan, 1993−1994 yillarda Kentukki universitetida (AQSH) tahsil olgan.

2007 yildan moliya vaziri o‘rinbosari — Moliya vazirligi G‘aznachiligi rahbari bo‘lib ishlagan. 2005−2007 yillarda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2004−2005 yillarda — moliya vaziri o‘rinbosari, 2002−2004 yillarda — moliya vaziri o‘rinbosari, Moliya vazirligining Sug‘urta nazorati bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, 2000−2002 yillarda — mazkur inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 1998−2000 yillarda — UzAIG O‘zbekiston-Amerika sug‘urta kompaniyasi bosh menejeri, 1994−1998 yillarda — AIG Trading Group`ning Markaziy Osiyodagi vakili bo‘lib ishlagan.