«Gazeta.uz» o‘quvchilaridan biri yuborgan avtomobil videoregistratoridagi yozuvda yaqinda ta’mirdan chiqarilgan Baynalmilal ko‘chasida ommaviy ravishda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanish ko‘rinishidagi Yo‘l harakati qoidalarini buzish holati qayd etilgan.
Birinchi qisqa video 1 avgustda Oqtepa maydoniga harakatlanishda yozib olingan bo‘lib, unda 2 daqiqa ichida eng kamida 15 avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketganini ko‘rish mumkin.
2 avgust kuni xuddi shu qismda yozib olingan videoda esa 10 dan ortiq mashina qarshi yo‘lakdan harakatlangani tasvirlangan. Bunda qarshi tomondan yo‘l-patrul xizmati mashinasi kelayotgan bo‘lgan.
Toshkent IIB YHXB «Gazeta.uz"ga qoidabuzarlarga qarshi albatta chora ko‘rilishini ma’lum qildi.