Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydoniga 65 metr balandlikdagi flagshtok o‘rnatilib, unga 10×20 metr hajmli O‘zbekiston bayrog‘i ilindi. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Hozirda maydonda obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Poytaxt ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi eng baland flagshtok 22 iyul kuni ochiladi.

Qayd etish joizki, dunyodagi eng baland flagshtok balandligi 170 metr bo‘lib, Saudiyaning Jidda shahrida joylashgan. U 2014 yilda qurilib, Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan.

Foto