Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida juma kuni xalqaro yo‘nalishlar yo‘lovchilari uchun uchib kelish terminali ochildi. Kun o‘rtasida u O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining Seuldan uchib kelgan ilk yo‘lovchilarini qabul qildi.

O‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 1200 yo‘lovchini tashkil etuvchi terminal mahalliy liniyani eski binosi bazasida barpo etildi. «Yangi bino eski terminalga qaraganda 1,5 barobarga kattaroq. U faqat yo‘lovchilarni qabul qiladi», — dedi «O‘zbekiston havo yo‘llari» vakili Ruslan Fidoiy.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda binoni rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Unda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash va mamlakatga kirib kelishda zarur jarayonlardan o‘tishni tezlashtirish ko‘zda tutilgan.

Terminalda yangi muhandislik-texnologik uskunalar o‘rnatildi, «yashil» va «qizil» yo‘laklar, uzunligi 60 m bo‘lgan 4 ta qo‘l yuklarini qabul qilish lentasi, 24 ta pasport nazorati punkti, viza ta’minoti punkti, ikkita Duty Free do‘koni va ikkita kafe faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘l yuklari lentasi ustiga ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali yo‘lovchilar bagajlari qayerdan chiqishini bilishlari mumkin. Binoda teleskopik traplardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Kompaniyadan ma’lum qilinishicha, pasport nazoratidan o‘tish muddati 15−20 daqiqadan 710 daqiqagacha qisqaradi. Yuklarni samolyotdan qo‘l yuki lentasigacha yetkazib berish vaqti 10 daqiqani tashkil etadi. Shunday qilib, O‘zbekistonga yetib kelgan mehmonlar va fuqarolar aeroportdagi rasmiyatchiliklardan 20−30 daqiqada o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Vokzal oldi maydoniga kutib oluvchilar uchun ayvon o‘rnatilgan bo‘lib, uchta favvora qurilgan. Terminaldan uncha uzoq bo‘lmagan joyda avtobus bekati va shaxsiy avtomobillar uchun turargoh mavjud. Binodan chiqaverishda taksi uchun hudud ajratildi.

Mahalliy liniyalarning uchish va qo‘nish uchun mo‘ljallangan eski binosi 1997 yilda qurilgan edi. Uning umumiy maydoni dastlab 4800 kv. m (hozirda — 9800), o‘tkazuvchanlik qobiliyati esa soatiga 300 yo‘lovchini tashkil etgan. 2012 yilda mahalliy parvozlar uchun «Toshkent-3» yangi terminali ishga tushganidan so‘ng bino foydalanishdan chiqarilgan edi.

Foto