Hukumat va Davlat test markazi kirish imtihonlari tizimini tubdan o‘zgartirish ustida ish olib bormoqda. Natijalarni kelgusi yilning o‘zidanoq bilish mumkin bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub yig‘ilishida.

Imtihon bo‘lib o‘tadigan 1 avgust kuni O‘zbekiston mobil operatorlari profilaktika ishlari o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qiladi. Bu vaqtda SMS va mobil internet xizmatlari ko‘rsatilmaydi. Butun respublika bo‘ylab xizmatlarni o‘chirish o‘rniga to‘siq qo‘yishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish vaqti kelmadimi, degan savolga Sherzod Shermatov quyidagicha javob qaytardi:

«To‘g‘ri savol. Men Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lganman (2014−2016 yillarda). To‘rt yil ushbu OTMda imtihonlar o‘tkazdik. Kimdir internet, shpargalka, telefon sababli ta’lim muassasasiga „noto‘g‘ri“ nomzod o‘qishga kirganini eshitdimi? [Mobil xizmatlarni o‘chirish bilan kirish imtihonlarini o‘tkazishni] bog‘lamaslik kerak».