Andijon viloyati Buloqboshi tumanida bir yilda 1,2 mln tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 20 iyuldagi qarorida so‘z ketadi.

Investitsion loyihaning umumiy qiymati 203,9 mln dollarni tashkil etadi. Ishlab chiqarish bilan Xitoydagi Zhejiang Shangfeng Building Materials hamda O‘zbekistondagi Tunli va Juydam Ta’mir Qurilish kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan Shangfeng-Bridge of Friendship qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi.

Mahsulot ishlab chiqarishda yoqilg‘i-energetika resurslarining muqobil turlari, jumladan ko‘mir ishlatiladi, deb qayd etiladi qarorda.

Zavod 2019 yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi.