Abdug‘ani Sanginov Vazirlar Mahkamasining 19 maydagi qarori bilan «O‘zbekgidroenergo» kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Abdug‘agi Sanginov muqaddam O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «O‘zsuvenergo» birlashmasiga rahbarlik qilgan.

«O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Prezidentining 18 maydagi farmoni bilan «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan gidroelektrstansiyalar, gidrotexnik va gidroenergetika bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalar, shuningdek Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining «O‘zsuvenergo» birlashmasi bazasida tashkil etilgan edi. Yangi tuzilma respublikaning gidroelektr salohiyatidan samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadi.