O‘zbekiston Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonov seshanba kuni 67 yoshida uzoq davom etgan kasalligidan so‘ng olamdan o‘tdi, deya xabar berdi MB va bank sohasidagi manbalar «Gazeta.uz» ga.

Fayzulla Mullajanov Markaziy bankni 1991 yildan buyon boshqarib kelgan. MB saytining ma’lumotlariga ko‘ra, bank tizimida 1971 yil — Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagandan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.