Mahalliy bozordagi turli-tuman mahsulotlar orasida o‘ziga mosini tanlab olish vazifasi har bir xaridor uchun juda muhim. Ayniqsa, issiq yoz yaqinlashishi bilan konditsioner tanlash mavsumning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanadi. Artel kompaniyasi mamlakatimiz aholisini 6 yildan beri sifatli va hamyonbop maishiy texnika bilan ta’minlab kelmoqda. Har yil ushbu korxona texnikasini minglab iste’molchilar xarid qiladi va aynan shuning uchun Artel xalq tanlovi deb bejiz aytilmaydi. Artel kompaniyasi xaridorlar bilan muloqot olib borishdi ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgani uchun konditsioner tanlash borasida o‘z tavsiyalarini taklif qiladi.

Birinchi navbatda, o‘zingizga: «Aynan qaysi xonaga sovutish qurilmasini o‘rnatmoqchiman?» — degan savolni berishingiz zarur. Sababi xonalarning maydoniga qarab har xil kuchga ega bo‘lgan konditsioner tanlash lozim. Shuningdek xonadagi kishilar soni hamda asbob-uskunalar (maishiy texnika, kompyuterlar) miqdorini ham e’tiborga olish darkor.

Muhim jihat: agarda xona binoning quyoshli tomonida joylashgan yoki xonadagi derazalarning hajmi katta bo‘lsa, sovutish quvvati kuchliroq uskunani xarid qilish ma’qul.

Artel devor osma konditsionerlari 4 ta turkumga bo‘linadi. 9000/12000/18000/24000 — ushbu ko‘rsatilgan raqamlar esa uskunaning sovuqlik ishlab chiqarish quvvatini BTEda ko‘rsatib beradi (BTE, bu — issiqlik qurilmalari quvvatini aniqlashda qo‘llaniluvchi energiya o‘lchash birligi). Sovuqlik quvvati, bu — konsidionerning issiq havo hajmini sovuq havoga aylantirish imkoniyatidir. Aynan shu ko‘rsatkich sovutish tizimining kuchini aniqlab beradi. Artel zavodlarida iqlim sinovchi laboratoriyalarining mavjudligi elektrotexnika parametrlarining ko‘rsatilgan xususiyatlari haqiqatga mos kelishini tekshirish imkoniyatini yaratib beradi. Shuning uchun Artel konditsionerlarini tanlayotganda, ko‘rsatilgan texnik ma’lumotlar ishonchli ekaniga amin bo‘lishingiz mumkin.

Agarda sizning oldingizda katta maydonga ega bo‘lgan xonani sovutish masalasi tursa, e’tiboringizni ustunli modellarga qaratishingiz lozim. Artel konditsionerlarining assortimentida sovutish maydoni 80 dan 190 kvadrat metrgacha bo‘lgan ustunli modellardan iborat.

Konditsioner tanlovidagi yana bir muhim omil — uning energosamaradorligidir. Zamonaviy sovutish tizimlari invertor texnologiyaga ega bo‘lib, bu oddiy modellarga qaraganda elektr quvvatini 30 foizga tejash imkonini beradi. Gap shundaki, oddiy (on-off) split tizimlarda xona haroratini ko‘rsatilgan darajaga yetkazish uchun motor to‘la quvvatda ishlaydi, erishilgan natijadan so‘ng u o‘chadi. Invertor texnologiya esa kompressorning to‘xtovsiz ishlashiga asoslangan, uning quvvati xonadagi haroratdan kelib chiqqan holda nazorat qilinadi.

Wi-Fi orqali boshqarish — bu konditsionerlardagi foydali funksiya bo‘lib, sizga uyingizdagi haroratni nafaqat router ishlovchi hududda, balki dunyoning istalgan yerida uyali aloqa tarmog‘i yoki GPRS, 3G,4G yordamida nazorat qilish imkoniyatini yaratib beradi. Artel konditsionerlarining Shahrisabz va Inverter seriyasidagi modellarida bunday funksiya mavjud.

Bu mavsumda Artel o‘z iste’molchilarini yana bir yangilik — mobil konditsioner bilan hayratga solishga tayyor. Mobil konditsioner tashqi blokka ega emas, shu tariqa uni istalgan xonaga derazadan uncha uzoq bo‘lmagan masofada qiyinchiliksiz o‘rnatish mumkin. Natijada siz ortiqcha tashvishlarsiz uni olib kelish va o‘rnatish imkoniga egasiz, shu bilan birgalikda sovutish uskunasining betakror tashqi qiyofasi xonadoningiz ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi.

Sovutish tizimini tanlash jarayonida e’tiboringizni past kuchlanishda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan modellarga qaratishingizni tavsiya qilamiz. Jahonning yetakchi ishlab chiqarish korxonalarining yuqori sifatli kompressorlari tufayli Artel konditsionerlari past kuchlanishda ishlashga va undagi o‘zgarishlarga barqaror ravishda moslashish xususiyatiga ega.

Ta’kidlab o‘tish joizki, Artel kompaniyasi barcha yirik maishiy texnika uchun 3 yil bepul to‘liq kafolatga ega. Shuningdek, butun respublika bo‘ylab 31 tadan ortiq servis markazlari mavjud. Bugungi kunda konditsionerlarni o‘rnatish va ta’mirlash bo‘yicha 1000 dan ortiq mutaxassisga sertifikat berildi, ular bilan hafta davomida doimiy ravishda bog‘lansa bo‘ladi. Shu tufayli Artel texnikasi iste’molchilari istalgan vaqtda yuqori malakali mutaxassislarga murojaat qilishlari va kerakli yordamni olishlari mumkin.

Konditsioner tanlovi, bu — muhim masala, sababi u ofisdagi ish sermahsulligi va uydagi osoyishtalikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Umid qilamizki, yuqorida ko‘rsatilgan barcha konditsioner jihatlari sizga aynan qaysi model to‘g‘ri kelishini va shu tariqa to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishingizda ko‘mak beradi.

Reklama huquqi asosida.