FUTBOL TV telekanali 23 aprel kuni tunda «Real» — «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi «El-Klasiko» o‘yinini jonli efirda namoyish qilish bilan o‘z efirlarini boshladi.

Test rejimi paytida FUTBOL TV telekanali 12 soat: — 14:00 dan 3:00 gacha efirga uzatib boriladi. Test rejimidan muvaffaqiyatli o‘tgach, FUTBOL TV telekanali 24 soatlik efir dasturlari bilan o‘z faoliyatini davom ettiradi, deb xabar qildi UzReport axborot agentligi. UZREPORT TV telekanalida futbol o‘yinlari translyatsiyasi to‘xtab qolmaydi.

Bundan tashqari, FUTBOL TV telekanalida jahon va o‘zbek futboliga oid bo‘lgan turli qiziqarli ko‘rsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlar efirga uzatib boriladi.