Mira’zam Mirqosimov Toshkentning Yunusobod tuman hokimi lavozimidan ozod qilindi, deb xabar qildi poytaxt hokimiyati vakili «Gazeta.uz"ga. U mazkur lavozimda 2016 yil oktyabridan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Unga qadar esa Shayxontohur tuman hokimi edi.

25 martdan boshlab Yunusobod tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sardor Qosimov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.