O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda juma kuni Toshkentda hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishida tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev xabar qildi.

Hukumatlararo qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi aprel oyida O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Kichik qo‘mitaning joriy yig‘ilishida oliy darajadagi kelishuvlarning bajarilishi tahlil qilinib, ikki mamlakat aloqalarini jadallashtirish bo‘yicha amaliy choralar va qadamlar belgilab olindi.

Yig‘ilishda XXR delegatsiyasiga mazkur mamlakat tijorat vazirining o‘rinbosari Fan Aysin boshchilik qildi.