24 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shayani qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari borasida fikr almashildi.

Uchrashuvda elchining 2011−2017 yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlangani e’tirof etildi.

Elchi, o‘z navbatida, diplomatik faoliyatida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.