Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston Paralimpiya termasi Dubayda (BAA) Gran-pri turkumidagi Fazza International IPC xalqaro musobaqasida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi. 17−24 mart kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada 50 mamlakatdan 400 dan ziyod sportchi ishtirok etdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

F55 tibbiy guruhida (aravachadagi sportchilar) ishtirok etgan Natalya Semyonova disk uloqtirish bo‘yicha terma jamoa g‘aznasiga kumush medalni olib bergan bo‘lsa, nayza uloqtirish bo‘yicha 16,81 m natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Disk uloqtirishda Elbek Sultonov 35,4 m, yadro uloqtirishda 14,3 m natija qayd etgan holda ikkita bronza medaliga sazovor bo‘ldi.