«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Dushanbega birinchi aviareysini 4 aprelda amalga oshirishni rejalashtirgan.

MAKning 26 martda e’lon qilingan parvoz jadvaliga muvofiq, reyslar seshanba va shanba kunlari A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Aviakompaniya Bronlash xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, chiptalar sotuvga chiqarilgan. O‘zbekiston poytaxtidan parvoz ertalab 7:20 ga belgilangan.