Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili “Gazeta.uz"ga.

Alisher Shodmonov (1962-yilda tug‘ilgan) — tibbiyot fanlari doktori, professor. Shu vaqtga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi edi (“Adolat” partiyasi vakili).

O‘tgan yilning dekabrida bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan edi.