O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 10 ming so‘mlik nominaldagi yangi banknotalar muomalaga chiqariladi. «Gazeta.uz"ning Markaziy bank va hukumatdagi axborot manbalari mazkur ma’lumotni tasdiqladi.

Seshanba kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda Oliy Majlis Senatining yangi banknotalarning chiqarilishi to‘g‘risidagi qarori nusxasi tarqaldi. Bunday hujjat aslida imzolangan, deb qayd etdi axborot manbasi.

Yangi kupyuralarning muomalaga chiqarilish sanasi hozircha ma’lum emas. Yangi banknotalar va ularga oid tafsilotlar yaqin vaqtlar ichida e’lon qilishini lozim.

Ayni paytda milliy valyutaning eng yirik nominali 5000 so‘mni tashkil etib, u 2013 yilning 1 iyulida muomalaga chiqarilgan.