Toshkentda muqaddam yopilgan avtomobil yo‘llari ochilishda davom etmoqda. Shanba kuni Mustaqillik shoh ko‘chasidan Tamara Xonim ko‘chasiga o‘tish yo‘li ochildi (“Darxon” kafesi atrofida).

Mazkur yo‘l 2015-yil yozida shoh ko‘cha bo‘ylab joylashgan boshqa bir qancha uchastlar qatori yopilgan edi. 2016-yil oktyabridan esa ushbu uchastkalarni bosqichma-bosqich ochish boshlandi.

Ko‘chalarning yopilishi poytaxtda avtomobillar harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Sobiq Pushkin maydonidagi Parkent ko‘chasini Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan bog‘lovchi halqa yo‘lining yopilishi shahar transport tizimiga eng salbiy ta’sir ko‘rsatdi.