O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga Jambul viloyatida qor ko‘chkilari oqibatida insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Maktubda davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

17-fevral kuni Jambul viloyatining Ko‘ksoy tog‘ darasida harbiy xizmatchilar mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan vaqtda qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Yetti nafar harbiy xizmatchi vafot etdi, sakkiz nafari shifoxonada.