Adliya katta maslahatchisi Bahodir Po‘latov besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘zbekiston bosh prokurorining shu haqdagi buyrug‘i 23-yanvarda imzolandi.

Tayinlangunga qadar Bahodir Po‘latov 2016-yil martidan Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.