Avstraliya Ochiq chempionati to‘rtinchi doira uchrashuvida o‘zbekistonlik 30 yoshli tennischi Denis Istomin (jahon reytingida 117-o‘rin) bolgariyalik 25 yoshli sportchi Grigoriy Dimitrovdan mag‘lub bo‘ldi. Istominning jarohati 1/8 bosqichida raqibiga yetarli qarshilik ko‘rsatishga imkon bermadi. Biroq o‘zbekistonlik sportchi o‘yin oxiriga qadar kurash olib bordi.

O‘yin 2 soat-u 24 daqiqa davom etdi. Uchrashuv 3:1 (2/6, 7/6 (2), 6/2, 6/1) hisobda Dimitrov foydasiga yakunlandi.

¼ finaliga yo‘l olgan Bolgar tennischisi belgiyalik David Goffen (11) bilan kurashni davom ettiradi.