20:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz bergan saylovchilar soni 17 million 941 ming 955 nafarni yoki ro‘yxatga olingan barcha fuqarolarning 87,83 foizini tashkil etganidan dalolat bermoqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlari.

Ayni paytda O‘zbekistonning xorij mamlakatlarida joylashgan qator saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Saylovning dastlabki yakunlari dushanba kuni e’lon qilinadi.