O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida Prezident saylovi bo‘yicha ovoz berish jarayoniga yakun yasalib, ovozlarni sanash boshlandi.

Toshkentning Yunusobod tumanidagi 584-saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan 2526 nafar saylovchining 2425 nafari yoki 96 foizi ovoz berdi, deya ma’lum qilindi «Gazeta.uz"ga uchastka saylov komissiyasidan. 25 kishi muddatidan oldin, 13 saylovchi esa o‘z uyida ovoz berdi. Kuzatuvchilar so‘zlariga ko‘ra, saylov jarayonida hech qanday qonun buzilishlari qayd etilmadi.

«Mazkur saylovda xal O‘zbekistonga munosib kelajakni tortiq etib, uni rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘sha oladigan, tinchlik va xotirjamlikni saqlaydigan munosib nomzodni tanladi. Ovoz berish jarayonini yopiq deb e’lon qilaman», — dedi uchastka saylov komissiyasi raisi G‘ayrat Qudratov.

Foto